Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qorin dam bo‘lib, og‘izda achchiq ta’m yoki sababsiz charchoq kuzatilyaptimi? Sababini boshqa joydan emas, o‘t pufagidan izlang

Qorin dam bo‘lib, og‘izda achchiq ta’m yoki sababsiz charchoq kuzatilyaptimi? Sababini boshqa joydan emas, o‘t pufagidan izlang

Organizmda hazm jarayoni, yog‘larni parchalash va zararli moddalarni chiqarishda o‘t qopi hamda o‘t yo‘llari muhim o‘rin tutadi. Agar bu tizimda muammo boshlansa, inson tanasi turli belgilar orqali ogohlantira boshlaydi. Afsuski, ko‘pchilik bu alomatlarni oddiy charchoq yoki ovqat hazm bo‘lmasligi deb o‘ylaydi.

O‘t yo‘lida muammo borligini bildiruvchi eng muhim 15 ta belgi:

1. Qabziyat va ich ketish navbatma-navbat kuzatilishi o‘t suyuqligi yetarli ishlamayotganidan darak bo‘lishi mumkin.

2. Tez-tez qorin shishishi, gaz to‘planishi hazm jarayoni izdan chiqqanini ko‘rsatadi.

3. Ertalab og‘izda achchiq yoki nordon ta’m bo‘lsa, bu o‘t suyuqligi qaytishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

4. Sababsiz yo‘tal, a’zan reflyuks tufayli bo‘g‘iz bezovta bo‘lib, quruq yo‘tal paydo bo‘ladi.

5. Jig‘ildon qaynashi. Ko‘pchilik buni faqat oshqozon bilan bog‘laydi, ammo o‘t yo‘li muammosi ham sabab bo‘lishi mumkin.

6. Ko‘z oqining sariqlashishi. Bu bilirubin ko‘payganidan va jigar-o‘t tizimida jiddiy muammo borligidan darak beradi.

7. Tanada sababsiz qichishish ba’zan qonda zararli moddalar ko‘payganida kuzatiladi.

8. Quruq teri, tovon yorilishi. Yog‘da eruvchi vitaminlar so‘rilmasa, teri quruqlashadi.

9. To‘q sariq yoki jigarrang siydik ham xavfli belgi bo‘lishi mumkin.

10. Najasning juda och yoki g‘ayritabiiy to‘q rangli bo‘lishi o‘t chiqishi buzilganini ko‘rsatadi.

11. Doimiy charchoq — odam uxlasa ham charchoq ketmasa, jigar va o‘t tizimi tekshirilishi kerak.

12. Xotira pasayishi. Diqqat jamlash qiyinlashishi va bosh og‘irlashishi ham kuzatilishi mumkin.

13. Og‘izdan yoqimsiz hid. Hazm tizimi buzilganda nafas hidi o‘zgaradi.

14. Soch to‘kilishi. Vitamin yetishmovchiligi fonida soch va tirnoq zaiflashadi.

15. Ayollardagi gormonal muammolar. Oylik sikl buzilishi, gormonal nomutanosiblik ham jigar va o‘t bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

O‘t yo‘li muammolari o‘z vaqtida davolanmasa jigarga ortiqcha yuk tushadi, hazm tizimi kasalliklari kuchayadi, immunitet pasayadi, turli allergik kasalliklar ko‘payishi mumkin va ayollarda gormonal muammolar ortishi ehtimoli bor.

Agar yuqoridagi belgilar tez-tez kuzatilsa zudlik bilan gastroenterologga murojaat qiling, UZI tekshiruvidan o‘ting, yog‘li va qovurilgan ovqatlar iste’molini kamaytiring. Kun davomida ko‘proq suv ichishni va vazningizni nazorat qilib turishni kanda qilmang, harakatni ko‘paytiring.

Biz tanamizdagi ko‘p belgilarni oddiy charchoq deb o‘ylab yuraveramiz. Aslida esa organizmimiz yordam so‘rayotgan bo‘lishi mumkin. Unutmang, o‘t yo‘lidagi muammoni erta aniqlash jiddiy kasalliklarning oldini oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring