Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-sentyabrdan qo‘shni mamlakatga kirib-chiqish cheklovi bekor qilindi

1-sentyabrdan qo‘shni mamlakatga kirib-chiqish cheklovi bekor qilindi

Foto: Xabar.uz

Respublikada karantin talablarini qisqartirish maqsadida davlat rahbari tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga muvofiq Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

Unga ko‘ra bir qator faoliyat turlariga ruxsat berildi.

Shuningdek, yo‘nalishli taksilar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarining an’anaviy va masofaviy shakldagi faoliyatiga ruxsat berildi.

Ayrim karantin cheklovlari esa 2020-yil 5-sentyabrdan keyin ham saqlab qolindi.

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qaroriga binoan 2020-yil 1-sentyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi avtoyo‘l o‘tkazish punktlariga nisbatan kirib-chiqish bo‘yicha cheklovlar sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda bekor qilinadi va quyidagi tartib joriy etilmoqda:

  • oxirgi 14 kun Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lib turgan yoki so‘ngi 72 soat davomidagi koronavirus infeksiyasiga PZR test tekshiruvining manfiy natijalari to‘g‘risida ma’lumotnomasi mavjud bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelganda karantin nazoratiga olinmaydi;
  • Qirg‘iziston Respublikasiga chiqqan hamda faqatgina ushbu mamlakat hududida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari respublikaga qaytib kirgandan so‘ng karantin nazoratiga olinmaydi;
  • mazkur bandning 3 va 4 xatboshisida belgilangan holatlardan tashqari barcha vaziyatlarda O‘zbekiston Respublikasiga kirib keluvchi shaxslar o‘rnatilgan tartibda karantin nazoratiga olinadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring