Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1 terabaytlik ilk microSD-karta sotuvga chiqdi – naq bitta iPhone narxida!

1 terabaytlik ilk microSD-karta sotuvga chiqdi – naq bitta iPhone narxida!

Foto: «Korrespondent.net»

Ma’lumotlarni saqlovchi qurilmalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan SanDisk kompaniyasi 1 terabayt hajmli microSD-karta tayyorlagan edi. Android Police nashri xabariga ko‘ra, endi uni sotuvga chiqarishdi. Bu haqda «Terabayt» xabar bermoqda.

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, yangicha xotira kartasida ma’lumotlarni o‘qish tezligi soniyasiga 160 megabaytga, unga ma’lumot yozish tezligi esa 90 MB/soniyaga yetadi. Xotira kartasining «A2» darajasida baholanishi esa unga o‘rnatilgan ilovalarning barqaror ishlashidan dalolatdir.

Oddiy smartfon foydalanuvchisi uchun bir terabaytlik qo‘shimcha xotira ortiqchalik qilsa kerak. Lekin Nintendo Switch kabi o‘yin konsollari egalariga, shuningdek, filmlarni sifatli 4K-formatida ko‘chirib olib qo‘yib, o‘ziga qulay paytda tomosha qiluvchilarga bu microSD-karta asqotishi mumkin.

Shunga yarasha, SanDisk ushbu microSD-kartasini anchagina qimmatga baholagan – naq 450 AQSh dollari! Bu esa kupertinoliklarning hamyonbop smartfonlari – iPhone 6S (sotib olish) yoki iPhone SE narxiga taxminan tengdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring