Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«103.Meddata» – tez yordamni yanada tezlatadi (foto)

«103.Meddata» – tez yordamni yanada tezlatadi (foto)

Foto: Xabar.uz

Tez tibbiy yordam qancha tez bo‘lsa, shuncha yaxshi. Birinchi yordam ko‘rsatishni yanada tezlashtirish, bu tizimda axborot texnologiyalarni qo‘llash bugunga kelib yanada dolzarblashib bormoqda. Tez tibbiy yordamning qanchalik vaqtida yetib borishi inson taqdiri bilan bog‘liq. Shu sababli ham respublikamizdagi barcha tez tibbiy yordam markazlari zamonaviy texnologiyalar bilan bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda.

Toshkent shahridagi tez tibbiy yordam xizmati mutaxassislari Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahar vrachlar malakasini oshirish instituti, «BePro» Dasturchilar markazi yordami va hamkorligida «Tez tibbiy yordam xizmati faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish» qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish va qayta ishlashni avtomatlashtirish, ma’lumot almashish va tez tibbiy yordam brigadalarini boshqarish bo‘yicha shoshilinch tibbiy yordamning markazlashtirilgan axborot tizimi kursi yo‘nalishida o‘qitildi. Bugun, 10 noyabr kuni shu kurslarni tamomlagan mutaxassislarga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda «BePro-dasturchilar markazi» MChJ homiyligida «103.Meddata» avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida faol ishlagani uchun Tez tibbiy yordam podstansiyalariga sertifikatlar hamda sovg‘alar topshirildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abdulla Azizov, «BePro-Dasturchilar markazi» MChJ bosh direktori Abduvoitjon G‘afurov va bir qator mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Bugungi kunda Toshkent shahar tez tibbiy yordam xizmati tomonidan «103.Meddata» avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi uchun quyidagilarni ta’minlashga imkon beradigan dasturiy-apparat kompleks joriy etilgan:

  • Qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, xizmat ko‘rsatish va ro‘yxatdan o‘tkazishni boshqarishning samarali mexanizmi;
  • Tez tibbiy yordam avtomashinalarini boshqarishni nazorat qilish, monitoring qilish va optimallashtirish;
  • Dispetcherlik xizmatini real vaqtda boshqarish, tahlil, ma’lumotnoma va hisobotlarni avtomatik yaratish;
  • Yagona ma’lumotlar bazasi shakllantirish;
  • Qo‘ng‘iroqlarni tezkor ro‘yxatdan o‘tkazish va bemor haqida ma’lumot olish;
  • Hisobot hujjatlarini yaratish, ko‘rish imkoniyatlar yaratildi.

Hamkorlik natijasida Tez yordam xizmati yanada zamonaviylashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring