Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

14-may. «Ayollar olimpiadasi», birinchi aviayo‘lovchi, Gaaga konvensiyasi, Birodar Abduraimov 75 yoshda va boshqa voqealar

14-may. «Ayollar olimpiadasi», birinchi aviayo‘lovchi, Gaaga konvensiyasi, Birodar Abduraimov 75 yoshda va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Mustaqillik kuni (Isroil).
  • Konstitutsiya kuni (Filippin).

Voqea-hodisalar

  • 1607-yil — inglizlarning Amerikadagi ilk doimiy manzilgohi — Jeymstaunga asos solindi.
  • 1610-yil — Fransiya qiroli Genrix IV o‘ldirilganidan so‘ng 9 yoshli Lyudovik XIII taxtga o‘tirdi.
  • 1869-yil — Oqto‘ba shahriga asos solindi.
  • 1900-yil — Parijda II olimpiya o‘yinlari ochildi. Unda birinchi marta ayollar ham qatnashdi. Ayollar o‘rtasidagi birinchi Olimpiya chempioni — angliyalik Sharlotta Kuper.
  • 1904-yil — Sent-Luis(AQSh)da III yozgi olimpiya o‘yinlari o‘tkazildi.
  • 1908-yil — Uilbur Rayt aeroplanda ilk yo‘lovchi — Charlz U. Fernasni olib havoga ko‘tarildi. Parvoz uzunligi 600 metrni, davomiyligi 28,6 soniyani tashkil etdi.
  • 1922-yil — Boshqirdiston markazi Sterlitamakdan Ufaga ko‘chirildi.
  • 1927-yil — Meksika futbol federatsiyasi tuzildi.
  • 1941-yil — Parijda nemis natsistlari 3600 nafar yahudiyni hibsga oldi.
  • 1948-yil — mustaqil Isroil davlati tashkil etildi.
  • 1954 yil — Gaagada BMTga a’zo mamlakatlar tomonidan qurolli nizolar paytida madaniy boyliklarni muhofaza qilishga qaratilgan Gaaga konvensiyasi qabul qilindi.
  • 1963-yil — Kuvayt BMT a’zosiga aylandi.
  • 1975-yil — Kiyevning «Dinamo» klubi birinchi marta UYeFA kubok egalari kubogini qo‘lga kiritdi.
  • 1980-yil — Misr prezidenti Anvar Saodat Falastin muxtoriyati bo‘yicha Isroil bilan muzokaralarni to‘xtatdi.
  • 1981-yil — Malta betaraf davlatga aylandi.
  • 1993-yil — MDH iqtisodiy ittifoqi tuzildi.
  • 1993-yil — Litva, Sloveniya va Estoniya Yevropa kengashiga qabul qilindi.
  • 1998-yil — «Assoshieyted Press» agentligi 150 yilligini nishonladi.

Tavallud kunlari

  • 1836-yil — Vilhelm Steynits, shaxmat bo‘yicha birinchi jahon chempioni.
  • 1943-yil — Birodar Abduraimov, o‘zbek futbolchisi va murabbiyi.
  • 1944-yil — Jorj Lukas, amerikalik kinorejissyor, prodyuser, ssenariynavis.
  • 1951-yil — Robert Zemekis, amerikalik kinorejissyor va prodyuser.
  • 1961-yil — Tim Rot, ingliz kinoaktyori.
  • 1984-yil — Mark Sukerberg, «Facebook» asoschisi va rahbari.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring