Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

20 yildan so‘ng AQShda 11-sentyabrdagi teraktning yana ikki qurboni shaxsiga aniqlik kiritildi

20 yildan so‘ng AQShda 11-sentyabrdagi teraktning yana ikki qurboni shaxsiga aniqlik kiritildi

Foto: «REUTERS / Sara K. Schwittek»

Nyu-Yorkda 11-sentyabrdagi teraktning yana ikki qurboni aniqlandi. Endi Jahon savdo markaziga qilingan hujum qurbonlari soni 1647 tani tashkil etmoqda. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.

«Bugun Nyu-Yorkdagi bosh tibekspert idorasi 2001-yilgi Jahon savdo markazidagi halokat qurbonlaridan yana ikkitasining shaxsiga aniqlik kiritdi», — deyiladi agentlik xabarida.

Qurbonlardan biri — Xempsted shahridan Doroti Morgan. Shaxsiga aniqlik kiritilgan erkakning ismi esa oila a’zolarining iltimosiga binoan oshkor qilinmadi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ayol va erkakning qoldiqlari DNK tahlili orqali ularning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Qayd etilishicha, Nyu-Yorkdagi teraktda halok bo‘lgan yana 1106 kishining shaxsi noma’lumligicha qolmoqda.

2001-yil 11-sentyabrda terrorchilar tomonidan o‘g‘irlangan ikkita yo‘lovchi samolyoti Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazining egizak minoralariga urilib, ularni butunlay vayron qilgan. Vashingtonda terrorchilar nazoratidagi yana bir samolyot AQSh Mudofaa vazirligining g‘arbiy qanotiga urilgan. To‘rtinchi yo‘lovchi tashuvchi samolyot ham terrorchilar tomonidan o‘g‘irlangan bo‘lib, Pensilvaniya shtatining Pittsburg shahri yaqiniga qulab tushgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Nyu-Yorkda 2753, Vashingtonda 189, Pensilvaniyada 44 kishi vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring