Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2019-yilda ta’limga qancha pul ajratildi?

2019-yilda ta’limga qancha pul ajratildi?

Hozirgi kungacha ta’lim sohasini moliyalashtirish uchun 2017-2018-yillarda jami 10,4 trln. so‘m va 13,7 trln. so‘m budjet mablag‘lari ajratilgan bo‘lsa, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 19,9 trln. so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.

2018-yilning 1-sentyabridan boshlab shu kunga qadar o‘qituvchilarning ish haqi miqdorlari o‘rtacha 1,6 baravarga oshirildi. Masalan, 2018-yil sentyabrga qadar umumta’lim maktabining 1-toifali o‘qituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdori 1 387,0 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 2 216,0 ming so‘mni tashkil etadi.

Bundan tashqari, 2019-yilda “Mehribonlik” uylari, jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari va ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari ayrim xodimlarining ish haqi ham ikki bosqichda 2 baravargacha oshirildi.

Masalan: “Mehribonlik” uyi oliy ma’lumotli tarbiyachisining oylik ish haqi 2019-yil 1-martgacha ustama bilan birga 1 180 ming so‘m bo‘lsa, 2019-yil 1-oktyabrdan 2 422 ming so‘mni tashkil etadi.

Xuddi shunday, imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus ta’lim muassasalarining oliy ma’lumotli tarbiyachisi 2019-yil 1-martgacha qo‘shimcha ustama bilan hisoblanganda 1 573 ming so‘m ish haqi olsa, 2019-yil 1-oktyabrdan 2 825 ming so‘mga yetkaziladi.

Umumta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash ishlari uchun 2017-2019-yillarda davlat budjetidan jami 5 464 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi. Shundan, 2017-yilda 1 196,2 mlrd. so‘m, 2018-yilda 1 529,1 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2019-yilga kelib 2 738,9 mlrd. so‘m yoki 2017-yilga nisbatan 2,29 baravarga ko‘proq mablag‘ ajratilgan.

Buning natijasida, umumta’lim maktablarini qurilish-ta’mirlash ishlari jadallashtirildi, agar 2017-yilda 486 ta maktabda qurilish ishlari, shundan 12 ta maktab yangidan qurilgan bo‘lsa, 2019-yilga kelib 762 ta, shundan 51 ta yangi qurilish yoki 2017-yilga nisbatan qurilish-ta’mirlash ishlari 1,6 baravarga, shundan yangi qurilish 4,2 baravarga ko‘paydi.

Shu bilan birga, umumta’lim muassasalarini zarur mebel, o‘quv laboratoriya uskunalari va sport anjomlari bilan jihozlash uchun 2017-yilda 69 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2018-yilda 90 mlrd. so‘m, 2019-yilda esa 100 mlrd. so‘m yoki 2017-yilga nisbatan 1,49 baravar ko‘p pul ko‘zda tutilgan.

2017-2019-yillarda maktablar 20 552 to‘plam sinf xonalari (partalari), 954 to‘plam o‘quv laboratoriya uskunalari, 929 to‘plam sport jihozlari bilan ta’minlanadi.

Hozirgi vaqtda 2018-yilda maktablarni jihozlash uchun ajratilgan mablag‘lardan 7 mlrd. so‘mi hamda 2019-yilda ajratilgan 100 mlrd. so‘m mavjud bo‘lib, mazkur mablag‘larni ishlatish jarayoni davom etmoqda.

Umumta’lim maktablarini qurish-ta’mirlash va jihozlash uchun 2020-2022-yillarda budjetdan 7 trln. so‘mdan ziyod mablag‘lar yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring