Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2020-yilning eng boy TikTok blogerlari reytingi e’lon qilindi

2020-yilning eng boy TikTok blogerlari reytingi e’lon qilindi

Foto: «Forbes»

«Forbes» 2020-yilning eng boy TikTok blogerlari reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatni tuzishda oxirgi bir yil mobaynida ushbu ijtimoiy tarmoq orqali pul ishlay boshlaganlar hisobga olingan.

Reytingga kiritilganlarning barchasi yoshlar (jami yetti nafar) va ular AQSh hamda Kanada fuqarolari. Hammasi o‘z bloglarida ko‘ngilochar videolarni joylashtirib borishadi.

Reytingda birinchi o‘rinni 19 yoshli Edison Rey (Isterling, Luiziana shtati, AQSh) egalladi. Bu qiz atigi 12 oy davomida TikTok yordamida qariyb 5 million dollar ishladi. Uning obunachilari soni 54 million nafardan ziyod.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda ham qizlar — los-anjeleslik opa-singil Charli va Diksi D’Ameliolar. Charli 12 oyda 4 million dollar ishlagan bo‘lsa, Diksi salkam 3 million ishlagan.

To‘rtinchi o‘rinda ham qiz bola, qolganlari yigitlar...

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring