Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

24 yoshli muhojir yoshini yashirib «o‘smir»ga aylandi va maktabda o‘qidi

24 yoshli muhojir yoshini yashirib «o‘smir»ga aylandi va maktabda o‘qidi

foto:Istockphoto

AQShning Perrisburg shahri politsiyasi bir yildan ortiq vaqt davomida o‘zini voyaga yetmagan yosh o‘smirdek ko‘rsatgan venesuelalik 24 yoshli muhojirni hibsga oldi. ABC 13 NEWS xabariga ko‘ra, Entoni Emmanuyel Labrador Serra Amerikaga 2019-yil sentyabrida kelgan va noyabr oyida vizasi muddati tugaganidan keyin ketish o‘rniga, soxta hujjat olib, o‘zini o‘spirindek ko‘rsata boshlagan. Ya’ni soxta hujjatda yoshini kichraytirgan. U odam savdosi qurboni bo‘lganini, boshpanasi yo‘qligini iddao qilgan. Sud «voyaga yetmagan bola»ga vasiy tayinladi va u mahalliy o‘rta maktabga qabul qilindi. Maktabda 14 oy davomida o‘qidi, hatto sport musobaqalariga qatnashib o‘zini suratga oldi.

«O‘smir»ga vasiylik qilayotgan ayol oxirgi paytlarda maktab o‘quvchisiga shubha bilan qaray boshladi. Ayol uning xonasini tintuv qilganida yostiq tagidan pul, o‘qotar qurol (to‘pponcha), uch dona o‘q, uyali telefon va Michigan shtatida 1999-yil tug‘ilgan yili ko‘rsatilgan qalbaki haydovchilik guvohnomasini topib oldi. Ushbu holat haqida maktab va huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berildi. Labrador-Serraga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi. OAV xabarlariga ko‘ra, 24 yoshli «o‘smir» yigitni 30 yillik qamoq jazosi kutayotgan bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring