Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

26-mart. O‘zbekxonning knyazga marhamati, Karakas fojiasi, Putin — prezident, Mayk Taysonning qamalishi va boshqa muhim voqealar

26-mart. O‘zbekxonning knyazga marhamati, Karakas fojiasi, Putin — prezident, Mayk Taysonning qamalishi va boshqa muhim voqealar

Fotokollaj: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Bangladesh mustaqilligi kuni.
  • Vetnamda yoshlar kuni.
  • Alyaska(AQSh)da Syuard kuni. Alyaskani sotish bo‘yicha Rossiya-Amerika bitimi tuzilgani nishonlanadi.

Voqyea-hodisalar

  • 1162-yil — Germaniya qiroli Fridrix I Barbarossa qo‘shini Milanni egalladi.
  • 1328-yil — Ivan I Danilovich O‘zbekxondan Buyuk Vladimir knyazi yorlig‘ini oldi.
  • 1668-yil — Angliya Bombey(Mumbay)ni o‘z nazoratiga oldi.
  • 1713-yil — Ispaniya Angliyaga o‘zining Amerikadagi yerlarida qul savdosi bilan shug‘ullanish huquqini berdi.
  • 1812-yil — kuchli zilzila oqibatida Karakas(Venesuela)ning 90 foiz qismi vayronaga aylandi. Qurbonlar soni — yigirma ming kishi atrofida.
  • 1828-yil — Frans Shubert xalqqa o‘zining yagona konsertini berdi.
  • 1845-yil — AQShda tibbiyot plastiri uchun patent berildi.
  • 1881-yil — Ruminiya qirollik deb e’lon qilindi.
  • 1934-yil — Buyuk Britaniyada avtomobilni haydash uchun imtihonlar joriy qilindi.
  • 1948-yil — AQSh sotsialistik mamlakatlar bilan strategik tovarlarni savdo qilishga embargo joriy etdi.
  • 1953-yil — amerikalik olim Jonas Edvard Solk poliomiyelitga qarshi vaksina sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganini e’lon qildi.
  • 1958-yil — Yer va mikrometeoritlarni o‘rganish maqsadida AQSh Yerning sun’iy yo‘ldoshi — «Eksplorer-3»ni fazoga chiqardi.
  • 1960-yil — Yevropada yangi futbol turniri — Kubok egalari kubogi tashkil etildi. Hozir bu turnir Yevropa ligasiga aylantirilgan.
  • 1971-yil — Bangladesh Respublikasi e’lon qilindi.
  • 1973-yil — ayollarga ilk marta London fond birjasiga kirishga ruxsat berildi.
  • 1976-yil — prezident Anvar Saodat sovet harbiy kemalarining Misr portlariga kirishini taqiqladi.
  • 1979-yil — Isroil bosh vaziri Menaxem Begin va Misr prezidenti Anvar Saodat ikki yillik muzokaralardan so‘ng tinchlik sulhiga imzo chekishdi.
  • 1989-yil — sobiq ittifoqda ilk marotaba muqobillik asosida xalq deputatlari saylovi bo‘lib o‘tdi.
  • 1992-yil — professional boks yulduzi Mayk Tayson nomusga tekkanlikda ayblanib sud tomonidan o‘n yilga ozodlikdan mahrum etildi.
  • 1995-yil — Yevropa ittifoqining yetti mamlakatida chegaralarda pasport nazoratini bekor qilish to‘g‘risidagi «Shengen shartnomasi» kuchga kirdi.
  • 1999-yil — «Melissa» virusi qisqa vaqt ichida dunyodagi yuz minglab kompyuterlarni ishdan chiqardi.
  • 2000-yil — Vladimir Putin birinchi marta Rossiya prezidenti etib saylandi.

Tavallud kunlari

  • 1516-yil — Konrad Gesner, shveysariyalik tabiatshunos, filolog, birinchi bibliografik asar muallifi (1565-yili v.e.).
  • 1998-yil — Prokop Divish, chexiyalik ruhoniy, dinshunos, tabiatshunos olim, yashin qaytargichni ixtiro qilgan (1765-yili v.e.).
  • 1911-yil — Bernard Kats, ingliz fiziologi, fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti laureati (2003-yili v.e.).
  • 1935-yil — Mahmud Abbos, Falastin rahbari.
  • 1944-yil — Dayana Ross, amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa.
  • 1949-yil — Patrik Zyuskind, nemis yozuvchisi.
  • 1976-yil — Emi Smart, amerikalik aktrisa.
  • 1981-yil — Danis Zaripov, rossiyalik xokkeychi, uch karra jahon chempioni.
  • 1985-yil — Kira Naytli, amerikalik aktrisa.
Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring