Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

60000 kishining haydovchilik guvohnomasi bekor qilindi. Nega?

60000 kishining haydovchilik guvohnomasi bekor qilindi. Nega?

Foto:«KCP International»

Yaponiyada 60000 kishining haydovchilik guvohnomasi talabga javob bermagani uchun bekor qilindi. Bu haqda «Hurriyet» xabar qilmoqda.

Milliy politsiya agentligidan ma’lum qilinishicha, bu yil haydovchilik guvohnomasini yangilashga kelgan 2 million 106 ming kishi demensiya (avtomashina boshqaruv qobiliyati pastligi) alomatlari borligi sababli shifoxonaga yuborilgan. Tibbiy tekshiruvdan so‘ng demensiya alomati sezilgan 60000 kishining haydovchilik guvohnomasi bekor qilindi.

Demensiya alomati sezilgan haydovchilarning barchasi 75 yoshdan katta ekan.

Kunchiqar mamlakatda demensiya alomatlari sezilgan haydovchilarning guvohnomalarini yangilashi qonun bilan tartibga solingan.

Tahlillarga ko‘ra Yaponiyada aksariyat yo‘l-transport hodisalariga keksa haydovchilarning xatolari sabab bo‘lar ekan.

O‘tgan oy Tokioda 90 yoshli kampir svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtamagani uchun 4 piyodani urib ketgan edi. Piyodalardan biri voqea joyida halok bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring