Abduqodir Husanov Osiyoning ramziy terma jamoasidan joy oldi
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2025-yil uchun OFK (AFC) ramziy terma jamoasini e’lon qildi.
Ushbu ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov ham joy oldi.
2025-yil Husanov uchun nihoyatda muvaffaqiyatli bo‘ldi. O‘tgan yili u «Lans»dan «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tdi va Angliya Premer-ligasida to‘p surgan ilk o‘zbek futbolchisi sifatida tarixga kirdi. Iyun oyida esa milliy terma jamoa bilan birga Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin «Goalpost» nashri Abduqodir Husanovni 2025-yilning Osiyodagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter