Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdurashid Do‘stim o‘tirgan samolyot portlab ketdi

Abdurashid Do‘stim o‘tirgan samolyot portlab ketdi

Foto: «Haber7.com»

Afg‘oniston prezidentining birinchi yordamchisi Abdurashid Do‘stim o‘tirgan samolyot Turkiya poytaxti Anqara shahridan Kobulga qo‘nishi bilan portlab ketdi. Bu haqda «Haber7.com» xabar bermoqda.

«AFP» axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan.

Do‘stimning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

Anchadan beri Turkiyada bo‘lgan va bugun o‘lkasiga qaytib kelgan Do‘stimni Kobul xalqaro aeroportida yaqinlari kutib olgan. U samolyot portlashidan avval undan tushishga ulgurgan va hodisa vaqtida yo‘lga otlangan bo‘lgan.

«Associated Press» axborot agentligi xabariga ko‘ra, Do‘stim va uning yaqinlari portlashdan zarar ko‘rmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring