Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vaziri: «Tuhmat va haqoratda ayblanib, 41 ming kishi javobgarlikka tortildi»

Adliya vaziri: «Tuhmat va haqoratda ayblanib, 41 ming kishi javobgarlikka tortildi»

Foto:«Xabar.uz»

Toshkentdagi «Wyndham Tashkent» mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan «Islohotlar davrida ommaviy axborot vositalari: axborot transformatsiyasi va kasb etikasi muammolari» mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqan Adliya vaziri Ruslanbek Davletov jurnalistlar, blogerlar va ayrim nashrlar tomonidan inson sha’nini hurmat qilish masalasiga yetarli darajada e’tibor qaratilmayotgani va aybsizlik prezumpsiyasi masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Vazir barcha OAV vakillari va blogerlarni tasdiqlangan, aniq ma’lumotni tarqatishga chaqirib, joriy yilning birinchi yarmida 41 ming 841 fuqaro tuhmat va haqoratda ayblanib, javobgarlikka tortilganini ta’kidlab o‘tdi.

Foto:«Xabar.uz»

Mazkur raqam 2017-yilda 37 ming 805 tani tashkil etgan.

Ushbu tadbirda, shuningdek jurnalistlarga vazirlik tomonidan tayyorlangan «Islohotlar davrida ommmaviy axborot vositalari: axborot transforamsiyasi va kasb etikasi muammolari» qo‘llanmasi va videorolik taqdim etildi. Mazkur qo‘llanmada jurnalist etikasi, feyk ma’lumotlar, jurnalist xatosi, uning voqealarni yoritishda qonun-qoidalarga rioya etish masalasi va hokazolar o‘rin olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring