Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aerokosmik ma’lumotlar orqali nazorat kuchaytiriladi

Aerokosmik ma’lumotlar orqali nazorat kuchaytiriladi

“Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik ma’lumotlardan foydalanishni kengaytirish va qishloq xo‘jaligi quyi bo‘g‘inida boshqaruv tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–177-son, 26.09.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (Agentlik) tomonidan quyidagi holatlarni aniqlash maqsadida yiliga kamida 3 marta davlat kosmik monitoringi o‘tkaziladi:

  • geologiya sohasida – yer qa’ridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, shu jumladan, ruxsatnomada ko‘rsatilgan hududdan tashqariga chiqish;
  • yer munosabatlari sohasida – yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish hamda ularda bino va inshootlar qurish;
  • ekologiya sohasida – mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish, shuningdek, noqonuniy yangi chiqindi zonalari vujudga kelishi.

 2026 yil 1 martdan belgilangan vakolatli organlar o‘zi aniqlagan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha ma’lumotlarni onlayn ravishda tegishli konturlar kesimida raqamli ko‘rinishda integratsiya orqali SGM platformasiga taqdim etib boradi.

Bunda ma’lumotlar ogohlantirish berilgani, huquqbuzarlik bartaraf etilgani, hujjatlar prokuratura va sud organlarida ko‘rib chiqilayotgani to‘g‘risidagi belgilarni o‘z ichiga oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring