Afg‘oniston va Pokiston Ramazon hayiti sabab sulh e’lon qildi
Afg‘oniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik sulh e’lon qilishdi.
Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi harbiy mojaro bir necha kunga to‘xtatilganini ikki tomon vakillari ham e’lon qilishdi.
Harbiy operatsiyalar to‘xtatilganini birinchi bo‘lib Pokiston rasmiylari, undan keyin Afg‘oniston vakillari e’lon qilishdi, deb xabar beradi Reuters agentligi ikki tomonning rasmiy ijtimoiy tarmoq akkauntlariga asoslanib.
Bir necha kun davom etadigan sulh muqaddas Ramazon oyi va Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan o‘rnatilgan.
Pokiston hukumati vakili Turkiya, Saudiya Arabistoni va Qatar urushayotgan davlatlarga vaqtinchalik sulh e’lon qilish uchun murojaat qilganiga aniqlik kiritdi.
Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi mojaro fevral oyi oxirida Pokiston «ochiq urush» e’lon qilishi bilan avj oldi. Bir necha kun avval Kobulga zarba sabab kamida 400 kishi vafot etgani xabar berildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter