«Afrosiyob» poyezdi haftada uch marta Shahrisabzga boradi
«Afrosiyob» elektropoyezdlari yangi yo‘nalishda harakatlanadi.
2026-yil 27-martdan boshlab, yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlari haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari Toshkent–Shahrisabz–Toshkent yo‘nalishida qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Mazkur qatnovlar yo‘lovchilarga qulaylik yaratish hamda hududlar o‘rtasidagi transport aloqalarini yanada yaxshilash maqsadida tashkil etilmoqda.
Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
«Toshkent — Shahrisabz» yo‘nalishida Toshkent shahridan poyezd soat 06:33 da harakatlanadi.
«Shahrisabz — Toshkent» yo‘nalishida Shahrisabz shahridan poyezd soat 16:24 da harakatlanadi. Chiptalarni rasmiy savdo kassalari hamda onlayn platformalar orqali xarid qilish mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter