Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afsonaviy Yelena Isinbayeva Toshkentga keldi (foto)

Afsonaviy Yelena Isinbayeva Toshkentga keldi (foto)

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Yengil atletikaning langarcho‘p bilan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha 2 karra Olimpiada, 3 karra jahon chempioni Yelena Isinbayeva Toshkentga keldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Afsonaviy sportchini kutib olish marosimida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari va sportga ixtisoslashgan OAV vakillari va muxlislar ishtirok etdi.

Yelena Isinbayeva tashrifi davomida «Nafosat-2019» ayollar spartakiadasining tantanali taqdirlash marosimida ham qatnashadi. Shuningdek, 4 mart kuni 11:00 da MOQda sportchi bilan matbuot anjumani tashkil qilish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring