Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kadastr tizimida tozalash: 850 nafar xodim ishdan bo‘shatildi

Kadastr tizimida tozalash: 850 nafar xodim ishdan bo‘shatildi

Foto: O‘zA

Joriy yilning noyabr oyida prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligining jami 346 nafar rahbar xodimlari attestatsiyadan o‘tkazildi. 

Agentlik xabariga ko‘ra, natijalar tahlil qilinganda 24 foiz rahbar xodim attestatsiyadan o‘tgani, 15 foizi shartli o‘tgani, 61 foiz rahbarlar attestatsiyadan o‘ta olmagani ma’lum bo‘ldi.  

3 dekabrdan boshlab Kadastr agentligining tuman-shahar filiallari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlari boshlandi. Har bir viloyat kesimida natijalar e’lon qilib borilishi aytilgan.

Kadastr tizimidagi tozalash ishlari natijalariga ko‘ra, joriy yilning 1 iyunidan 1 dekabriga qadar agentlik tizimida faoliyat yuritishi davomida o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan, lavozimini suiiste’mol qilgan hamda aholiga xizmat ko‘rsatishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 850dan ortiq xodimlarning mehnat shartnomalari bekor qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring