Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akbar Jo‘rayev uch karra jahon chempioni bo‘ldi

Akbar Jo‘rayev uch karra jahon chempioni bo‘ldi

Norvegiyaning Forde shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Erkaklar o‘rtasida 110 kg vaznda Akbar Jo‘rayev barcha yo‘nalishlarda (dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish va umumiy) oltin medallarni qo‘lga kiritdi.

Og‘ir atletikachimiz dast ko‘tarishda 196 kg natija bilan jahon rekordini ham o‘rnatdi! Siltab ko‘tarishda 232 kg va umumiy hisobda 428 kg bilan mutlaq ustunligini namoyon etdi.

Eronlik Alirizo Nasiriy siltab ko‘tarishda 231 kg va umumiy 415 kg natija bilan kumush medal sohibiga aylandi.

Hamyurtimiz Ruslan Nurudinov siltab ko‘tarishda 228 kg va umumiy 414 kg natija bilan bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring