Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT sohasi rahbarlari Xorazmda jamlandi (video)

«Hududlarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishda mahalliy davlat hokimlik organlari bilan hamkorlik munosabatlari» mavzuidagi respublika seminari AKT sohasidagi korxona va tashkilotlarning rahbarlarini Xorazmda jamladi.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida «Biz – bir jamoa, biz – bir oilamiz» shiori ostida o‘tkazilgan mazkur seminarning asosiy maqsadi AKT sohasida hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish, erishilgan natijalarni tizimdagi korxonalar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, soha xodimlarining kasbiy malakasi va bilim darajasini oshirish edi.

Ishtirokchilar vazirlik tomonidan Xorazm viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda Urganch shahridagi 30-maktabda tashkil etilgan kompyuter texnologiyalari, robototexnika, kibersport bo‘yicha maxsus to‘garak faoliyati bilan tanishishdi.

Shuningdek, Xiva shahrida ochilgan Raqamli texnologiyalari o‘quv markazi, Xiva aloqa tarixi muzeyi, shahardagi Ichan qal’a majmuasida bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, AKT vaziri Shuhrat Sodiqov va Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov qatnashgan seminarning ochilishida Xorazm viloyati hokimi viloyatda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun mahalliy budjetdan 21 milliard so‘m ajratilishini ma’lum qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring