Aktrisa Dono Boboxonova vafot etdi
Aktrisa Dono Boboxonova vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston davlat drama teatri xabar berdi.
U O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, «Do‘stlik» ordeni sohibasi, O‘zbekiston davlat Drama teatri va kino aktrisasi edi. Dono Boboxonova (Danisiya Dayanovna Babaxanova) 1946-yilning 20-noyabr kuni Qozog‘istonda tavallud topgan.
1970-yil A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat Teatr va rassomlik institutining «Musiqali teatr aktyorligi» bo‘limini tamomlagan.
U «Bozor ko‘rmagan yigit» da ona,«Arazlasang, o‘laman» da qaynona,«Chol va nabira» da Sobira, «Tilim qursin» da sovchi rollarini ijro etgan. Teatrda ham o‘nlab rollarni o‘ynagan.
Xabar.uz marhum aktrisaning yaqinlarida ta’ziya bildiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter