Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«An Nasr» Ronalduning qarzlarini to‘ladi

«An Nasr» Ronalduning qarzlarini to‘ladi

Hujumchi Krishtianu Ronaldu «An Nasr» mashg‘ulotlariga qaytdi va Saudiya Arabistoni chempionatida «Al Fotih»ga qarshi navbatdagi o‘yinda ishtirok etishi mumkin.

A Bola nashri xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi va klub xodimlarining maosh bo‘yicha qarzlari to‘langan.

Eslatib o‘tamiz, mashhur futbolchi jamoasining so‘nggi ikki o‘yinida maydonga tushmagan edi. U Saudiya jamg‘armasi (PIF)ning faoliyatidan norozilik bildirgan edi. Ronalduga ko‘ra, fond «An Nasr»ga yetarlicha sarmoya kiritmay, raqibi «Al Hilol»ga ustunlik bermoqda.

«An Nasr» 20 ta o‘yindan so‘ng 49 ochko to‘plab, chempionat jadvalida ikkinchi o‘rinda turibdi va «Al Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda. 

Avvalroq Ronalduning boykotidan Saudiya Proligasi 2,4 mlrd dollar zarar ko‘rgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring