Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Albaniyada tabiiy ofat qurbonlari soni 25 kishiga yetdi

Albaniyada tabiiy ofat qurbonlari soni 25 kishiga yetdi

Foto: «Albaniandailynews.com»

Albaniyada vayron qiluvchi zilzila oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar soni 25 kishiga yetdi, qidiruv operatsiyasi davom etmoqda, deya xabar berdi «Assoshieyted Press» agentligi mahalliy hukumatga tayanib.

Albaniya bosh vaziri Edi Ramaning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya, Italiya, Gretsiya, Fransiya, Serbiya, Chernogoriya va Kosovo qutqaruvchilari qidiruv ishlarida yordamlashmoqda.

Agentlikning ta’kidlashicha, chorshanbaga o‘tar kechasi Durresning ko‘pgina aholisi tunni palatka, avtomobil va futbol maydonida o‘tkazishgan. Negaki, shaharda yer silkinishlari oldingidek sezilmoqda. «Albanian Daily News» nashrining ma’lum qilishicha, vayronalar ostida qancha odam qolib ketganligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Oldinroq Tiranadan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan ikkita turar joy binosi qulab tushgani, Durres yaqinidagi Kavaya shahrida yana ikkita imorat vayrona holga kelgani haqida xabar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring