Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aleksey Navalniy yana karserga tashlandi

Aleksey Navalniy yana karserga tashlandi

Foto: Reuters

Rossiyaning Vladimir viloyatidagi qattiq tartibli koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan siyosatchi Aleksey Navalniy 22-marotaba jazo izolyatoriga joylashtirilgan. Muxolifatchi bundan avval jazo izolyatoriga 24 oktyabrda joylashtirilgandi.

«Jazo izolyatoridan bir kechaga chiqarishdi va yana 15 sutka berishdi. Asos mahkum Navalniy yozuv materiallarining musodara qilinishiga norozilik bildirib, xonasini tark etishdan va o‘zi olib borilishi kerak bo‘lgan boshqa xonaga kirishdan bosh tortgan. Shu sababli unga kun davomida to‘rt marta jismoniy kuch ishlatilgan. Natijada 22-jazo izolyatori va 251 sutka», deyiladi uning Telegram kanalidagi xabarda.

Aleksey Navalniy 2021 yil fevraldan buyon Vladimir viloyatidagi jazoni o‘tash koloniyasida saqlab kelinmoqda. Siyosatchi qamoqxona senzorlari uning xatlarini olib qo‘yayotgani, shuningdek, pulli tibbiy xizmatlardan foydalanishni taqiqlayotganidan shikoyat qilib keladi.

Avgust boshida Moskva shahar sudi Aleksey Navalniyni 19 yilga qamagandi.

Navalniyga qarshi 2021-yil sentyabrida ekstremistik tashkilot tuzish va unga rahbarlik qilish bo‘yicha jinoiy ish ochilgandi. Tergov qo‘mitasi amaldagi hukumatni keskin tanqid qilib kelgan FBK(Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi)ni Rossiya Federatsiyasida konstitutsiyaviy tuzum asoslarini o‘zgartirishga ekstremistik tashkilot sifatida e’lon qilgan.

Navalniy siyosiy mahbus va prezident Putinning ashaddiy raqibi sifatida ko‘riladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring