Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vaziri Rossiya aloqa vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin bilan uchrashdi

AKT vaziri Rossiya aloqa vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin bilan uchrashdi

Foto: «Mitc.uz»

21-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev Rossiya Federatsiyasi Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda, shuningdek, RFning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev hamda RF Prezidenti boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Dmitriy Fatixov ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakatning axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, tomonlar raqamli iqtisodiyot, AKT mutaxassislarini tayyorlash, texnoparklarni rivojlantirish, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish, pochta aloqasini rivojlantirish, raqamli televideniyeni rivojlantirish va boshqa muhim yo‘nalishlarni ko‘rib chiqishdi.

Muzokaralar yakunida mamlakatlar o‘zaro hamkorlikka qiziqish bildirishdi. Barcha ko‘tarilgan masalalar va qisqa muddatda ikki tomonning ishchi guruhlarini shakllantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring