Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Sultonov «olgan narsani pulini to‘lab qo‘yish» kerakligini eslatdi

Alisher Sultonov «olgan narsani pulini to‘lab qo‘yish» kerakligini eslatdi

Foto: «Daryo»

25-noyabr kuni AOKA press-xolida Energetika vaziri va tizim tashkilotlarining birinchi rahbarlari ishtirokida kuz-qish mavsumida yuzaga kelayotgan muammolar tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. «Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, unda mavzuga oid ko‘plab savollarga oydinlik kiritildi.

«Prezidentimiz doimo kabinetda o‘tirmasdan hududlarga borib vaziyatni o‘rganish kerakligini aytadi. Biz ham har kuni hududlarga chiqib o‘rganyapmiz. Muovinlarim, shuningdek, energetika sohasiga aloqador bo‘lgan har qanday birinchi rahbar, qayerdaki muammo bo‘lsa, o‘sha joyga borib o‘rganmoqda», — dedi Energetika vaziri Alisher Sultonov.

Tizimdagi avariyalar sonining oshib ketishiga sabab qilib joriy yil noyabr oyi avvalgi yillardagiga qaraganda sovuqroq kelganligi ko‘rsatildi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyevning ta’kidlashicha, u raislik qilayotgan tashkilot aholiga yetkazib bergan elektr toki uchun pul oladi va elektrdan aholini uzib qo‘yish ularga manfaatli emas.

«Davrdan orqada qolayotganimizni tan olamiz. Ishoninglar, mening raisligimdagi tashkilot elektrni aholiga bermasligidan manfaatdor emas. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, shu yil inflatsiya darajasi qancha bo‘ldi? Elektrning narxi oshdimi? Yo‘q. Yangi liniyalar yotqizish, yangi elektr stansiyalarini qurishning o‘zi bo‘lmaydi. Hammasiga mablag‘ kerak. Arzonga bo‘lmaydi-ku. Ahvolimizni siz ham, o‘zimimiz ham tushunib turibmiz», — dedi Ulug‘bek Mustafoyev.

Energetika vazirining ishonch bilan ta’kidlashiga qaraganda, «atrofimizdagi biror bir davlatda bunaqa ishlar qilinmagan. Yaqin yillarda elektr energiyasining iste’moliga to‘lovni tabaqalashtirishni o‘tilishi ham boshqa biror bir davlatda bo‘lgan emas».

Shuningdek, vazir aholining elektr energiyasidan qarzdorligi yuqoriligini aytib o‘tdi. «Olgan narsaning pulini to‘lash kerakmi?», dedi Alisher Sultonov bu haqda gapira turib.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring