Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Amerikacha ishdagi ishq»: hokim ayol 100 yilga qamalishi mumkin

«Amerikacha ishdagi ishq»: hokim ayol 100 yilga qamalishi mumkin

Foto: AP Photo / Gerald Herbert

Nyu-Orlean shahri tarixidagi ilk ayol hokim (mer) — Latoyya Kantrell 100 yilga qamalishi mumkin.

AQSh federal prokuraturasi unga nisbatan firibgarlikdan tortib odil sudlovga xalaqit berishgacha jami 11 ayblovni e’lon qildi.

Hokim ayol 2021-yildan buyon o‘z tansoqchisi Jeffri Veppi bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Sevishganlar «asal oyi»ni o‘tkazish uchun AQSh va xorijga 14 marta safar qilishgan hamma xarajatlar soliq to‘lovchilarning pullari hisobidan. Hokim tansoqchi-yoriga chipta sotib olishga kamida 70 ming dollar sarflagan.

Sevishganlar WhatsApp orqali maxfiy yozishmalarni amalga oshirgan va FQB tergovchilarini aldashgan. 53 yoshli Kantrell har bir firibi uchun 20 yilgacha qamalishi mumkin, 52 yoshli tansoqchisiga bundan ham ko‘proq muddat xavf solyapti.

Hokima kuzgi saylovdan so‘ng lavozimidan ketadi, muddatidan avval iste’fo berishga shoshilmayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring