Amerikadan navbatdagi mehmonlar keldi
O‘zbekistonga AQSh davlat kotibining Afg‘onistondagi yarashish bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod kelishi kutilayotgan edi. Kuni kecha mehmon yurtimiz tuprog‘iga qadam bosdi. Maxsus vakil bilan birga AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari, Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktor Liza Kyortis ham kelgan.
Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan xabarga qaraganda, AQSh delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi. Shuningdek, mehmonlar O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ham bo‘lib, muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter