Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik ayol lotereyada ikki marta 2 million dollar yutib oldi

Amerikalik ayol lotereyada ikki marta 2 million dollar yutib oldi

Foto: «Getty Images»

AQShning Florida shtatida yashovchi Syuzan Fitton Mega Millions lotereyasining bir o‘yinida ikki marta 2 million dollar (jami 4 mln. dollar) yutib oldi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Yutuqlar 14-sentyabr kuni o‘ynalgan.  Aytilishicha, Mega Millionsda 1 mln. dollar yutish ehtimoli 12 607 306 tadan bittani tashkil etadi.

Fitton sotib olgan har ikki chiptadagi belgilangan raqamlar esa ikki million dollardan yutuq keltirdi! Bunaqasi kamdan-kam kuzatiladi.

So‘nggi marta Janubiy Karolinada yashovchi kishiga shunday omad kulgan ekan: iyul oyida avvaliga 40 ming dollar yutgan, oradan 11 kun o‘tib chiptasiga 3 mln. dollar yutuq chiqqan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring