Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amiti universiti kirish imtihonlariga OAV vakillari taklif qilindi

Amiti universiti kirish imtihonlariga OAV vakillari taklif qilindi

Joriy yilning 1 va 2-iyul kunlari soat 11:00 dan boshlab Toshkent shahridagi Amiti universitiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. AKT vazirligi Axborot xizmati OAV vakillarini ushbu jarayonga taklif qildi.

«Imtihonlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti binosida (Toshkent shahri, A.Temur ko‘chasi, 108-uy) O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida tashkil etiladi. Ushbu tadbirni keng jamoatchilikka tezkor yoritishda Sizning ko‘magingizga tayanamiz. O‘zbek va rus tillaridagi press-relizlar imtihonlar boshlanishidan oldin taqdim etiladi», deyiladi axborot xizmati xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Hindistonning Amiti universiteti hamkorligida Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi Amiti universiteti 2019 yilning sentyabr oyidan o‘quv yilini ochadi. Oliy ta’lim muassasasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, kompyuter va dasturiy injiniring, sun’iy intellekt va menejment sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi.

Amiti universiteti Hindistonda yetakchi xususiy oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, unda 150 mingdan ziyod talaba tahsil oladi. Ta’lim muassasasining bosh korpusi Noida shahrida joylashgan bo‘lib, uning 11 ta shaharda kampuslari mavjud. Shuningdek, Nyu-York, London, Dubay, Singapur, Xitoy, JAR va jahonning boshqa shaharlarida filiallari faoliyat yuritadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring