Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angrenda bedarak yo‘qolgan ona va bola qidirilmoqda

Angrenda bedarak yo‘qolgan ona va bola qidirilmoqda

Foto: «iiv.uz»

2019-yil 29-mart kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi Shuhrat Mirzayev IIBga murojaat etib, unda shu yil 24-mart kuni soat 04.00larda turmush o‘rtog‘i 1989-yilda tug‘ilgan Yulduz Abduramanova va qizi 2018-yilda tug‘ilgan Asaliya Mirzayeva bilan birgalikda uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganliklarini ma’lum qilgan. Ona va bolani qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.

«Hurmatli fuqarolar, agar ushbu shaxslar haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga murojaat qilishingizni yoki “102” telefon raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz», deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring