Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angrenda «Lasetti» yonib ketdi

Angrenda «Lasetti» yonib ketdi

2021-yil 11-iyun kuni soat 22:30 larda, Toshkent viloyati, Angren shahar hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 180-kilometrida YTH sodir bo‘ldi.

Haydovchi, 1982-yilda tug‘ilgan R.S. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli hamda haydovchi, 1962-yilda tug‘ilgan M.Yu. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, zarb oqibatida «Lasetti» rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in bartaraf etilgan, to‘qnashuv natijasida «Lasetti» rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 1989-yilda tug‘ilgan N.Sh. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring