Angrendagi ayanchli avariyada yetti kishi qurbon bo‘ldi

Angrendagi dahshatli to‘qnashuvda yetti kishi qurbon bo‘ldi.
Joriy yilning 7-sentyabr kuni soat taxminan 12.20larda Toshkent viloyati Angren shahri hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lning 93 km.da 1981 y.t., fuqaro A.R. boshqaruvidagi sement tashuvchi “Shacman” rusumli yuk avtotransporti (Transport vositasi 2020 yilda ishlab chiqarilgan, haydovchi 15 yillik stajga ega) boshqaruvni yo‘qotgan. Mashina harakat yo‘nalishidagi temir yo‘l kesishmasida to‘xtab turgan ikkita yuk avtomashinasi hamda beshta yengil avtotransport vositalari bilan to‘qnashib yo‘l transport hodisasini sodir etgan.
To‘qnashuv vaqtida kelib chiqqan yong‘in, voqea joyiga yetib kelgan maxsus kuch va vositalar yordamida tezkorlik bilan o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida 7 nafar fuqarolar voqea joyida vafot etgan, 5 nafar turli tan jarohatlari olgan fuqarolar tibbiyot muassasalariga yotqizilgan, shuningdek 4 nafar fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga javob berilgan, deyiladi IIV matbuot xizmati xabarida.
Hozirda vaziyatni to‘liq o‘rganish, jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish hamda og‘ir oqibatlarga olib kelgan shart-sharoitlarga huquqiy baho berish maqsadida tegishli davlat organlarining mutaxassislaridan iborat Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzilgan bo‘lib, voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter