Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Anomal sovuq Navoiy va Buxoroga yopirildi (video)

Anomal sovuq Navoiy va Buxoroga yopirildi (video)

Foto: YHXBB

Navoiy viloyatida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti sabab Zarafshon shahar, Uchquduq va Tomdi tumanlari hududidan o‘tgan yo‘lning bir qismi yopildi, deya xabar qilmoqda YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, vaqti-vaqti bilan qor va yomg‘ir yog‘ayotgani, shamol tezligi 30-35 metr/sekundgacha kuchayib, yo‘lga sepilgan qum va tuz aralashmalarini ham uchirib yuborayotgani, buning natijasida muzlamalar yuzaga kelgani bois, Navoiy viloyati Zarafshon shahar, Uchquduq va Tomdi tumanlari hududidan o‘tgan A-379 avtomobil yo‘lining 206-289 kilometrlarida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Avvalroq Xorazm viloyatida kuchli shamol va tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida elektr tarmoqlarida avariya holati yuzaga kelgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika Gidrometeorologiya xizmati O‘zbekistonda havoning keskin sovib ketishi bo‘yicha ma’lumot bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring