Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

iPhone 13 smartfonlari taqdim etildi: ranglar, narxlar, funksiyalar (foto)

iPhone 13 smartfonlari taqdim etildi: ranglar, narxlar, funksiyalar (foto)

Foto: «iXBT.com»

Kecha, 14-sentyabr kuni «Apple» kompaniyasi yangi iPhone 13 smartfonlarini (Apple iPhone 13, iPhone 13 Mini, iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max) taqdim etdi

iPhone 13 pushtirang, qizil, ko‘k hamda «qora tun» va «yulduzli tun» ranglarida chiqadi.

Foto: «Kanobu»

Yangi turkum qurilmalar A15 Bionic protsessorida ishlaydi, displeyi 6,1 dyuymli bo‘lib, Super Retina XDR texnologiyasi qo‘llanilgan.

Foto: «iXBT.com»

«Oddiy» ayfonlarda kameralar diagonal bo‘ylab joylashgan.

iPhone 13 da eng kichik xotira endilikda — 128 Gb., eng yirigi — 512 Gb.

Ushbu smartfonlarda kinoeffekt funksiyasi bor: harakatlanayotgan odamni ham fokusda ushlab tursa bo‘ladi. Bu funksiya frontal kamerada ham ishlaydi.

Foto: «iXBT.com»

«Pro-versiyalar» — iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max da xotira sig‘imi 1 Tb.ga yetkazilgan. Har ikki modelda ekran chastotasi 120 Gs.gachani tashkil etadi. Bu turkumning afzalligi shundaki, uchtalik kamerasida makrosuratlar olish mumkin, kadrlarga esa real vaqt tartibida qo‘shimcha muharrirlarsiz ishlov beriladi. Videotasvirlar olib bo‘lingandan so‘ng ham fokusni o‘zgartirish funksiyasi qo‘llanilgani esa yangi smartfonlarning yana bir ustunligi.

Foto: «iXBT.com»

«Apple» kompaniyasi ishontirishicha, iPhone 13 Pro boshqa ayfonlardan bir quvvat olishda eng ko‘p ishlab berishi bilan ajralib turadi.

Narxlar:

  • iPhone 13 mini — $699
  • iPhone 13 — $799
  • iPhone 13 Pro — $999
  • iPhone 13 Pro Max — $1099.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring