Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Apple minglab rossiyaliklar akkauntlarini bloklamoqda. Bu sanksiyalar ro‘yxati bilan bog‘liq

Apple minglab rossiyaliklar akkauntlarini bloklamoqda. Bu sanksiyalar ro‘yxati bilan bog‘liq

Apple kompaniyasi AQSh va Yevropa Ittifoqi sanksiya ro‘yxatlariga kiritilgan shaxslar bilan ism-sharifi mos kelgan foydalanuvchilarning akkauntlarini bloklashni boshladi. Bu holat taxminan 10 mingga yaqin rossiyalikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

iPhone smartfonlari egalarining aytishicha, endi ulardan shaxsini tasdiqlash va profil sozlamalari orqali pasport suratini yuborish talab etilmoqda. Aks holda App Store orqali xaridlarni amalga oshirish imkoni bo‘lmaydi. Shuningdek, Game Center orqali o‘yinlarga kirish cheklangan, ayrim foydalanuvchilar esa iCloud bulutli fotogalereyasini ocha olmayotganini bildirmoqda.

Shu sababli bloklangan Apple ID egalari yangi akkaunt yaratish uchun qurilmalarini mavjud hisobdan chiqarishga harakat qilmoqda.

Xabarda ta’kidlanishicha, Apple shubha ostiga olayotgan akkauntlar sanksiya ro‘yxatlaridagi shaxslar bilan ism va familiyasi mos keladigan hisoblardir. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bu holat sanksiya ro‘yxatlari bo‘yicha avtomatik tekshiruv tizimi bilan bog‘liq.

Avvalroq rossiyaliklar Yevropadan olib kelingan Apple qurilmalarini quvvatlantirishda muammolar yuzaga kelayotgani haqida shikoyat qilgan edi. Ya’ni, ayrim Apple qurilmalarini quvvatlagichlarga ulaganda uydagi elektr «avtomat»i o‘chib qolgan yoki qurilmaning o‘zi ishdan chiqqan. Bunday shikoyatlar ko‘proq xorijdan olib kelingan iPad va MacBook qurilmalariga taalluqli ekani aytilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring