Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada mehnat migrantlarining voyaga yetmagan farzandlari ham soliqqa tortilmoqda

Rossiyada mehnat migrantlarining voyaga yetmagan farzandlari ham soliqqa tortilmoqda

Foto: Business Online / Global Look Press

Rossiya moliya vazirligi chet el fuqarolarining mamlakatdagi mehnat faoliyati va ularni soliqqa tortishni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga tizimli tuzatishlar paketini ishlab chiqib hukumatga kiritdi.

Unga ko‘ra, patent asosida ishlash huquqini olgan mehnat migrantlari nafaqat o‘zlari, balki voyaga yetmagan farzandlari uchun ham (har bir bola uchun alohida) JShDS hisobiga qat’iy belgilangan bo‘nak (avans) to‘lovlarini amalga oshiradi. Migrantlarning farzandlari 18 yoshga to‘lgandan so‘ng mamlakatni tark etishlari yoki to‘liq to‘lovni amalga oshirgan holda o‘z patentlarini rasmiylashtirishlari shart bo‘ladi.

Ma’lumotga ko‘ra, tashkilotlarda yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarda (YTT) band bo‘lganlar oyiga 1 200 rubl, jismoniy shaxslar qo‘lida ishlayotganlar 1 700 rubl to‘laydi. Qaramog‘ida bo‘lgan har bir voyaga yetmagan farzand uchun to‘lov miqdori 50 foizga oshadi.

Qonun loyihasi soliq yig‘iluvchanligini oshirish va migrantlar daromadlari ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring