Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» qurilmalari o‘rtacha qancha umr ko‘radi?

«Apple» qurilmalari o‘rtacha qancha umr ko‘radi?

Foto: «MacDigger»

«Apple» gadjetlarining o‘rtacha ishlatilish muddati to‘rt yildan oshadi. Bu haqda, «Asymco» tahlilchisi Goratsiy Dedening hisob-kitoblariga asoslanib, «NV.ua» xabar berdi.

O‘z tahlilida Dede «Apple»ning ochiq ma’lumotlaridan foydalandi. U sotilgan gadjetlar umumiy sonidan (2,05 milliard) bugunga qadar ishlatilayotganlari sonini (1,3 milliard) ayirib tashladi. Uning aniqlashicha, 750 million gadjet hozirda ishlatilmayapti.

«Apple» texnikasi umumiy xaridlari 2013-yil uchinchi choragida 750 million donaga yetganini inobatga olib, Dede kompaniya gadjetlarining o‘rtacha ishlatilish muddati 4 yilu 3 oy degan xulosaga keldi.

Bu ma’lumotlar foydalanuvchilar gadjetlarining bozor yangilanishiga nisbatan sekinroq almashtirilishini namoyon etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring