Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh 24 soat ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq qiruvchi samolyotlarini yubordi

AQSh 24 soat ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq qiruvchi samolyotlarini yubordi

F-35 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari.

Foto: US Air Force

AQSh so‘nggi 24 soat ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq F-35, F-22 va F-16 qiruvchi samolyotlarini yubordi. Bu haqda Axios nashri amerikalik rasmiylar orasidagi manbasi hamda ochiq ma’lumotlarga asoslanib xabar berdi.

Avvalroq CVN 78 Gerald Ford aviatashuvchisi Karib dengizini tark etib, Yaqin Sharqqa yo‘l olgani haqidagi xabarlarni Forbes nashri ham tasdiqladi.

Ma’lumot uchun: Bu harbiy kuchlarning ko‘chirilishi AQSh va Eron o‘rtasidagi yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar fonida yuz bermoqda. Gerald Ford aviatashuvchisi Fors ko‘rfazidagi Abraham Lincoln aviatashuvchi guruhiga qo‘shilishi kutilmoqda. Har ikki aviatashuvchi dunyodagi eng yirik harbiy kemalar sirasiga kiradi hamda vazifa va konfiguratsiyasiga qarab 75 dan 90 tagacha samolyot, vertolyot va dronlarni bortiga sig‘dira oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring