AQSh Eronga qo‘shin tashlaydimi? Tramp javob berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi quruqlikda operatsiya o‘tkazish uchun qo‘shin yuborish niyatida emasligini aytdi.
Uning so‘zlari Yaponiya bosh vaziri Sanaye Takaichi bilan Oq uy tomonidan jonli efirda namoyish etilgan qo‘shma matbuot anjumanida yangradi.
«Men hech qayerga qo‘shin yubormayapman. Va agar yuborgan bo‘lsam ham, bu haqda sizga aytmas edim», dedi Amerika yetakchisi jurnalistlarga.
Avvalroq Reuters AQSh ma’muriyati Yaqin Sharqdagi operatsiyani kuchaytirish maqsadida mintaqada minglab harbiylarni joylashtirish imkoniyatini muhokama qilayotganini yozgandi.
Shuningdek, Donald Tramp Eron yangi rahbarlarni qidirayotganini, chunki Islom Respublikasining avvalgi rahbarlari «endi u yerda yo‘qligini» aytgan edi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Eron dengiz floti va havo kuchlari ham yo‘q qilingan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter