AQSh fors rasmiylariga «nuqtali zarbalar» berishni rejalashtirmoqda — MEE
AQSh ma’muriyati Erondagi namoyishchilarning o‘limiga aloqador yuqori martabali amaldorlar va qo‘mondonlarga «nuqtali zarbalar» berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Middle East Eye (MEE) nashri Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan biridagi davlat xizmatchisiga asoslanib xabar berdi.
Manbaning ta’kidlashicha, AQSh ushbu zarbalarni joriy hafta davomida amalga oshirishi mumkin. Biroq, Vashingtonning rejalari vaziyatga qarab o‘zgarishi ehtimoldan xoli emas.
Shu bilan birga, nomi sir tutilgan amerikalik sobiq razvedka xodimi nashrga bergan intervyusida prezident Donald Tramp Eronda amaldagi hokimiyatni almashtirish g‘oyasidan voz kechmaganini ma’lum qildi. U Oq uy ma’muriyatida o‘tkazilgan muhokamalar asosida shunday xulosaga kelgan.
Kuni kecha AQSh harbiy-dengiz kuchlarining «Abraham Lincoln» aviazarba kuchlari Yaqin Sharqqa yetib kelgani haqida xabar berilgandi.
Tramp bayonot berishicha, hozir Fors ko‘rfazi atrofida Venesuela sohillaridagidan ham ko‘proq AQSh harbiy kemalari suzib yuribdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter