AQSh Ukrainaga noyob qurol yetkazib beradi
Qo‘shma Shtatlar 2026 yilda Ukrainaga Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo boshqa davlatlar arsenalida mavjud bo‘lmagan umumiy qiymati 12 milliard dollardan 15 milliard dollargacha bo‘lgan harbiy texnikani yuborish majburiyatini oldi.
Bu haqda NATO bosh kotibi Mark Ryutte Ukrainani mudofaa jihatidan qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilgan guruh yig‘ilishi yakunida ma’lum qilgan.
"Amerikalik hamkorlar joriy yilda Ukrainaga 12-15 milliard dollarlik muhim harbiy resurslarni taqdim etishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi. Ular noyob tizimlar bo‘lib, ta’minotchi faqat Qo‘shma Shtatlar bo‘lishi mumkin," - dedi Ryutte alyansning Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish imkoniyatlari haqidagi savolga javoban.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter