Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda ikki boshli ilon topildi (video)

AQShda ikki boshli ilon topildi (video)

Foto: «News.nationalgeographic.com»

AQShning Florida shtatida mahalliy fermer ikki boshli ilonga duch keldi. Bu haqida «National Geographic» xabar bermoqda.

Fermer uni veterinarlarga taqdim etgan. Mutaxassislarning aniqlashicha, ilonning nafaqat boshi, balki yuragi, qizilo‘ngachi ham ikkitadir. Bu tabiatda uchraydigan kamyob hodisadir. Lekin alohida ovqat hazm qilish sistemasiga ega bo‘lish yovvoyi muhitda jonivorlar uchun yashash imkoniyatini pasaytiradi.

«Ikki boshli ilonlar ko‘p hollarda uzoq yashay olmaydi, chunki yetarlicha oziq topolmaydi. Bundan tashqari ularda buyrak umumiy bo‘ladi va defekatsiya bilan bog‘liq  muammo yuz beradi», — deydi veterinar Lora Tilen. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring