Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShdagi zavodda portlash: 16 kishi halok bo‘ldi

AQShdagi zavodda portlash: 16 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP.

AQShning Tennessi shtatidagi harbiy zavodda sodir bo‘lgan portlashda mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Hodisa vaqtida voqea joyida bo‘lgan zavod xodimlari orasida omon qolganlar yo‘q. 

Accurate Energetic Systems zavodida portlash 24 soatdan ko‘proq vaqt oldin sodir bo‘lgan. AP xabariga ko‘ra, voqea joyida faqat "buralgan metallning yonib ketgan qoldiqlari" va yongan mashinalar qolgan.

Portlash sabablari noma’lum. Xamfri okrugi sherifi Kris Devisning aytishicha, hodisa sabablarini tekshirish bir necha oy davom etishi mumkin. 

Accurate Energetics harbiy, aerokosmik va tijorat maqsadi uchun turli portlovchi moddalarni ishlab chiqadi va saqlaydi. Bu zavoddagi birinchi bunday hodisa emas — 2014-yilda ham portlash sodir bo‘lgan, biroq mahalliy hukumat buni “mayda” deb ta’riflagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring