Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ashxobod – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys yo‘lga qo‘yiladi

Ashxobod – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys yo‘lga qo‘yiladi

Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK

Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan 2017-yilda Turkmanistonning tashqi siyosatda olib borgan faoliyati va 2018-yilgi rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjuman davomida Turkmaniston va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama tashriflar va Turkmanistonning 2017-2023-yillariga mo‘ljallangan tashqi siyosat konsepsiyasining qabul qilinishi va amalga oshirilishi haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Turkmanistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Shiri Shiriyev
Foto: «Xabar.uz»

Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasida tashkil etilgan anjuman davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 6-7-mart kunlari hamda 19-20-may kunlaridagi Turkmanistonga tashrifi natijasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan istiqbolli kelishuvlarga erishilgani alohida ta’kidladi.

Turkmanistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Shiri Shiriyevning aytishicha, O‘zbekiston va Turkmaniston siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ekologiya sohalarida o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda. Shuningdek, muqobil energetika sohasida ham Turkmaniston va O‘zbekiston bir qator loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutgan.

Qolaversa, Ashxobod-Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar ochish bo‘yicha ham ishlar olib borilayotgani aytib o‘tildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, reyslar haftada ikki marotaba mart oyidan boshlab yo‘lga qo‘yiladi. Birinchi bosqichda marshrut faqat «Turkman havo yo‘llari» samolyotlari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring