Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Atlas» savdo markazida nimalar bo‘ldi? (foto)

«Atlas» savdo markazida nimalar bo‘ldi? (foto)

Foto: Toshkent shahar IIBB

«Atlas» ko‘ngilochar savdo markazida Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va «O‘zenergonazorat» shahar bo‘linmasi hamkorligida yong‘inga qarshi profilaktik amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Toshkent shahar IIBBning xabariga ko‘ra, mashg‘ulot doirasida markaz xodimlari yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish, yong‘in o‘choqlarini bartaraf etish va aholini evakuatsiya qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar.

Bundan tashqari, binoda yong‘inni o‘chirish vositalari, evakuatsiya yo‘llari ko‘rsatkichlarining mavjudligi, zinalarga o‘tish yo‘laklarining to‘sib qo‘yilmagani va yong‘in haqida ogohlantiruvchi texnik uskunalarning sozligi tekshiruvdan o‘tkazildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB
Foto: Toshkent shahar IIBB
Foto: Toshkent shahar IIBB
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring