Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vaziri xitoylik investorlar bilan uchrashdi

AKT vaziri xitoylik investorlar bilan uchrashdi

Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

18-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning Xitoyning «China South Industries Group Corporation», «CITIC Group» va «Costar Group» investor-kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad turli sohalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda, O‘zbekiston-Xitoy strategik sherikligi va o‘zaro manfaatli hamkorligini mustahkamlashdan iborat.

Vazir mehmonlarni qutlar ekan, ushbu uchrashuv joriy yilning aprel oyida Pekin (XXR) shahrida «Bir makon, bir yo‘l» ikkinchi xalqaro forumi doirasida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va to‘laqonli amalga oshirilishiga zamin yaratishi zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.

Ta’kidlash joizki, forum maydonida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va «Huawei», «Costar Group» va «CITIC Group» kompaniyalari o‘rtasida kelishuvlar imzolangan edi.

Uchrashuv doirasida «Xavfsiz shahar», shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish va elektron sog‘liqni saqlash tizimini yaratish, sun’iy intellekt (idrok) qo‘llanilgan holda, bemorlarning ma’lumotlariga ishlov berish va ularni saqlash bo‘yicha masofaviy bulutli tizimni yaratish singari istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama etildi.

Xitoyning investor-kompaniyalarining mamlakatimizga tashrifi 2019-yilning 21-iyuniga qadar davom etadi. Tashrif davomida tegishli vazirlik va idoralar bilan bir qator uchrashuvlar rejalashtirilgan bo‘lib, ulardan ko‘zlangan maqsad axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlikning kelgusidagi istiqbollarini belgilab olishdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring