Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ayaks» «Real»ni YChLdan chiqarib yubordi (video)

«Ayaks» «Real»ni YChLdan chiqarib yubordi (video)

Foto: @ChampionsLeague

Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o‘yinida «Real Madrid» o‘z maydonida «Ayaks»ni qabul qildi. Uchrashuvda kutilmagan hisob qayd etildi.

Mehmonlar nomdor raqibiga keskin qarshilik ko‘rsatib, «Santyago Bernabeu»da to‘rtta gol urdi. Ziyosh, Neres, Tadich hamda Shonening gollariga madridliklardan Asensio 1ta gol bilan javob bera oldi, xolos.
Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda 1:2 hisobida «Real» g‘alaba qozongan edi. Amsterdamliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 1/4 finalga yo‘l oldi. 

Real Madrid – Ayaks 1:4

Gollar: 0:1 – 7 Ziyosh, 0:2 – 18 Neres, 0:3 – 62 Tadich, 1:3 – 70 Asensio, 1:4 – 72 Shone.

Real Madrid – Kurtua, Nacho, Regilon, Karvaxal, Varan, Modrich, Kazemiro (Valverde, 87), Vaskes (Beyl, 29), Kroos, Vinisius Junior (Asensio, 35), Benzema.

Ayaks – Onana, Blind, de Ligt, Talyafiko, Mazraui (Veltman, 81), van de Bek, Ziyosh, Neres (Dolberg, 74), de Yong, Tadich, Shone (de Vit, 73).
Ogohlantirishlar: Mazraui (26), Karvaxal (30), Nacho (90).

Chetlatish: Nacho (94).

Ilk uchrashuv: 2:1

Kunning ikkinchi uchrashuvida «Tottenxem» safarda «Borussiya D»ni kichik hisobda yengdi. Londonliklar dastlabki o‘yinda yirik hisobda (3:0)  g‘alaba qozongandi. 

Borussiya Dortmund – Tottenhem 0:1

Gol: 0:1 – 48 Keyn.

Borussiya Dortmund – Byurki, Gerreyru (Pulishich, 62), Akandji, Diallo, Vitsel, Getse, Vaygl, Volf (Bruun Larsen, 62), Sancho, Roys (Dileyni, 74), Pako Alkaser.

Tottenxem – Loris, Sanches, Vertongen, Devis, Alderveyreld, Uinks (Dayer, 55), Sissoko, Eriksen (Rouz, 83), Ore, Keyn, Son Xin Min (Lamela, 71).

Ilk uchrashuv: 0:3

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring