Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim oilalarni ichimlik suvi bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi

Ayrim oilalarni ichimlik suvi bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi

Foto: Xabar.uz

Hukumat qarori «Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim toifadagi oilalarni ichimlik suvi bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda yashovchi Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga quyidagi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi:

  • turar joyida artezian qudug‘i qazish;
  • suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish hamda o‘rnatish.

Subsidiya mazkur xarajatlarning 90 foizi, biroq BHMning 30 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun ajratiladi.

Ushbu xizmatlar «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimining Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestriga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi.

Subsidiya oluvchilarning voyaga yetgan muomalaga layoqatli a’zosi yoki qonuniy vakili «Inson» markazlariga borgan holda yoki mahalladagi ijtimoiy xodimlarga murojaat qilish orqali «YMIH» ATda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Bunda «Inson» markazi xodimi yoki ijtimoiy xodim subsidiya oluvchilarning voyaga yetgan muomalaga layoqatli a’zosi yoki uning qonuniy vakili nomidan «YMIH» ATda ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha so‘rov yuboradi.

Tadbirkor belgilangan muddatda subsidiya oluvchilarning turar joyiga yetib borishi hamda artezian qudug‘ini qazishi, suv nasosi va ichimlik suv filtrini o‘rnatishi lozim.

Ishchi guruh tomonidan subsidiya ajratish ma’qullangani yoki rad etilgani to‘g‘risidagi xabar «YMIH» ATga avtomatik ravishda yuboriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring